Al-Hilol Benzema uchun Nunyesni chempionat ro'yxatidan chiqardi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi klubga yaqinda qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritish uchun Nunyesni milliy chempionat uchun arizadan chiqarib tashladi. Shunga qaramay, Nunyes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Nunyes faoliyati davomida Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida ham to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib kelmoqda va hozirgacha 13 ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, futbolchi 2022 yil Qatarda o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing