date

Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkin, agent sababini aytdi

Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkin, agent sababini aytdi

Turkiyaning Antalyaspor klubida to‘p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maosh kechiktirilayotganidan norozi va shu bois Rossiya Premer-ligasi jamoalaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Arutyunovga ko‘ra, to‘lovlar noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, biroq Djikiya Turkiyadagi sharoitlarning qolgan jihatlaridan mamnun.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o‘tgan yozda qo‘shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyasporni tark etishi mumkin, agent sababini aytdi