Georgiy Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e'lon qilgan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Djikiyadan klubdagi ishlar qanday ketayotgani va Turkiyadagi sharoitlar ko'ngildagidekmi, deb so'rashdi. Himoyachi esa barchasi yaxshi ekanini aytib, Turkiyada hammasi o'zini to'liq qoniqtirayotganini kulimsirab ta'kidladi.
Djikiya «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!