Milan Pisa safarida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi

Seriya Aning 25-turida “Milan” safarda “Piza”ga qarshi murakkab va keskin kechgan bahsda g'alabani zo'rg'a ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning ilk bo'limida mezbonlar Filip Stoilkovichning ofsaytdan yo'llagan zarbasi bilan xavf tug'dirdi, biroq darvozabon vaziyatni qutqardi. 39-daqiqada Zakari Atekamening o'ng qanotdan uzatgan aniq pasidan so'ng Ruben Loftus-Chik bosh bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ikkinchi taym boshida Milan yana gol urdi: Niklas Fyullkrugning pasidan keyin Adrien Rabyо darvozani ishg'ol qildi, ammo epizodda qo'l bilan o'ynash qayd etilib, gol bekor qilindi. Ko'p o'tmay Fyullkrug penaltidan ham foydalana olmadi — to'p ustunga tegib maydonni tark etdi.
71-daqiqada “Piza” hisobni tenglashtirdi: Stoilkovichning chap qanotdan uzatmasi paytida kurashda to'p Strahinya Pavlovichdan qaytib Felipe Loyolaga tushdi va u aniq zarba bilan o'ng burchakni nishonga oldi — 1:1.
O'yin yakuniga yaqin “Milan” hal qiluvchi zarbani berdi. 85-daqiqada Luka Modrich hujumni boshlab, jarima maydoni markaziga Samuele Richchiga uzatma berdi, Richchi yiqilgan holda to'pni yana Modrichga qaytardi. Luka esa jarima maydoni ichida markazga siljib, oyoq tashqi tomoni bilan to'pni o'ng burchakka joyladi — 1:2.
90-daqiqada Adrien Rabyо hakam bilan tortishib qolgani uchun qisqa fursatda ikkinchi sariq kartochkani ham oldi va maydondan chetlatildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Milan” turnir jadvalida peshqadamdan besh ochko ortda qolmoqda, “Piza” esa so'nggi o'rin atrofidagi kurashda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!