Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi

Anxel di Mariya vataniga qaytgach, dastlabki o'yinlarda o'zini yaxshi ko'rsatdi. Biroq tez orada uning atrofida noxush fon paydo bo'ldi: masala natijalardan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq, ular futbolchi maydonda tez-tez yiqilib, jarima zarbasini yoki penalti olishga urinadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda keskin fikrlar ko'paygan: ayrimlar di Mariyaga "hiylalari" uchun nega ogohlantirish berilmasligini so'rasa, boshqalar uning yulduzligini tan olgan holda bunday harakatlar bezdirib yuborganini yozmoqda. "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq futbolchisi hozir "Rosario Sentrale" safida o'ynayotgani fonida, u penalti "so'rab olish"ga haddan tashqari ko'p harakat qiladi, degan e'tirozlar yangramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!