date

Kurtua Benfika bilan o'yin bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Kurtua Benfika bilan o'yin bu safar boshqacha bo'lishini aytdi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi kutayotgan bahs oldidan fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida ham to'qnash kelgan, o'sha o'yin “qirollik klubi” uchun omadsiz yakunlangan edi: 2:4 hisobidagi mag'lubiyat “Real”ni 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan mahrum qildi. Endi esa Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa pley-offning stykov raundida yana “burgutlar” bilan ro'baro' keladi.

“Lissabondagi o'yin juda og'ir o'tgandi. Bu stadionda g'alaba qozonish oson emas. O'sha kuni eng yaxshi futbolimizni ko'rsata olmadik, ammo xatolardan saboq oldik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki javob uchrashuvi “Bernabeu”da bo'lishini yaxshi bilamiz”, — dedi Kurtua.

Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob bahsi esa 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Benfika bilan o'yin bu safar boshqacha bo'lishini aytdi