date

Georgiy Djikiya Turkiyadagi holati haqida gapirdi

Georgiy Djikiya Turkiyadagi holati haqida gapirdi

“Antal'yaspor” himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiya klubidagi vaziyati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni “FNL s Il'yovim” telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar undan jamoada ishlar qanday ketayotgani va Turkiyadagi sharoitlar ko'ngildagidekmi, deb so'rashdi. Djikiya esa “hammasi yaxshi”ligini aytib, Turkiyada hammasi o'zini qoniqtirayotganini tabassum bilan ta'kidladi.

Djikiya “Antal'yaspor” safiga o'tgan yil yozida qo'shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozirda “Antal'yaspor” Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida “Samsunspor”ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Georgiy Djikiya Turkiyadagi holati haqida gapirdi