Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach, dastlabki ijobiy natijalardan keyin uning atrofida keskin muhit yuzaga keldi. Muammo ko'proq o'yin sifati bilan emas, balki raqiblar va muxlislarning noroziligi bilan bog'liq: ular futbolchi maydonda tez-tez simulyatsiya qiladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «nega di Mariyaning bu hiylalari uchun ogohlantirish berilmaydi», «u yulduz, lekin harakatlari allaqachon toqat qilib bo'lmas darajaga yetdi», «shunday futbolchining penaltini uyat qilmay so'rab olishi achinarli» kabi fikrlar ko'p uchramoqda. Avval «Manchester Yunayted» va «Real»da to'p surgan di Mariya hozir «Rosario Sentral» safida o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing