date

Jezush Ronalduni yaqin o'yin oldidan dam oldirdi

Jezush Ronalduni yaqin o'yin oldidan dam oldirdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.

«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosga ko'ra, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi avval ham bir necha bor kuzatilganini eslatib o'tdi.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni yaqin o'yin oldidan dam oldirdi