date

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi jamoasida qanday ahvolda ekaniga doir savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Il'yevym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

— «Antalyaspor»da ishlaringiz qalay? — degan savolga Jikiya: «Hammasi yaxshi, rahmat», deya javob berdi.

— Turkiyada hammasi ko‘ngildagidekmi? — deya yana so‘rashganida, u jilmayib: «Turkiyada hammasi joyida», dedi.

Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa izoh berdi