date

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushishga qaror qildi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida "An-Nasr"ning so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Biroq u endi maydonga qaytish bo'yicha yakuniy qarorga keldi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, yulduzli hujumchi shanba kuni "Al-Fateh"ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor.

Ronaldu va jamoa allaqachon o'yin bo'lib o'tadigan Al-Hasa shahriga yetib borgan. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda "An-Nasr" Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga tushishga qaror qildi