Fabregas Morataning chetlatilishidan keyin keskin fikr bildirdi

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Fiorentina»ga qarshi uchrashuvda Alvaro Morataning maydondan chetlatilishi yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik hujumchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi, biroq yakuniy hushtakni ko‘rmadi: uchrashuv oxirida atigi ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi. Ikkinchi ogohlantirish Morataga raqib bilan tortishuv paytida sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun ko‘rsatildi.
Fabregas o‘yindan keyingi intervyuda keskin ohangda gapirdi: «Provokatsiyalarga dosh bera olmaydiganlar boshqa sport turini tanlagani ma’qul. Morata kabi tajribali futbolchidan ko‘proq narsani kutaman», — dedi u.
O‘yin «Komo»ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing