Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hamon yuqori sport formasida ekani ta'kidlandi. Martinesning aytishicha, hujumchining jismoniy ko'rsatkichlari unga yana uzoq vaqt maydonda qolish imkonini beradi.
«Uning jismoniy holati yana, yana va yana o'ynashga yetadi. Menimcha, masala u qachon o'zi buning uchun to'g'ri vaqt keldi, deb his qilishida. U juda o'ziga talabchan futbolchi. Qachonki jamoaga endi foyda bera olmayotganini anglab yetsa, o'shanda to'xtash haqida qaror qabul qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.
Klub miqyosida Ronaldu «Al-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Manbalarga ko'ra, shanba kuni u boykotdan keyin yana jamoa qaydnomasiga qaytishi kutilmoqda. Ronaldu klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan norozi bo'lib, bir necha uchrashuvni o'tkazib yuborgan.
«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!