Karrik tizimida Mount zaxirada qolib, sotilishi mumkin

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Meyson Mountning kelajagi hanuz mavhumligicha qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli futbolchining Maykl Karrik boshqaruvidagi sxemada asosiy tarkibdan joy olish imkoniyati cheklangan: "o'nlik" pozitsiyasi jamoaning yetakchisi va sardori Bruno Fernandesh tomonidan band. Angliya OAVlariga ko'ra, "qizil iblislar" Mountni taxminan 20 mln funt (23 mln yevro) atrofida sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Transfermarkt portali esa yarimhimoyachining qiymatini yuqoriroq — 32 mln yevroga baholamoqda. "Chelsi"ning sobiq futbolchisi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish bandini ham o'z ichiga oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing