Djikya maosh muammosi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, futbolchi maosh kechikayotgani tufayli norozi va shu sabab Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Arutyunovning ta'kidlashicha, maoshdagi kechikishlar noyabr oyidan beri davom etmoqda, qolgan jihatlarda esa Djikya Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.
32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda qo'shilgan. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikya 12 uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing