Manchester Yunayted Meyson Mauntni sotishi mumkin

Manchester Yunayteddagi Meyson Mauntning kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli yarim himoyachi Maykl Karrik tizimida asosiy tarkibdan joy olishda qiynalyapti: “o'nlik” pozitsiyasi jamoaning yetakchisi va sardori Bruno Fernandesh tomonidan band. Angliya OAV xabarlariga ko'ra, “qizil iblislar” Mauntni taxminan 20 mln funt (23 mln yevro) atrofida sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini yuqoriroq — 32 mln yevroga baholaydi. “Chelsi”ning sobiq futbolchisi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing