Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hali ham yuqori sport formasida ekani ta’kidlandi. Martinesning aytishicha, uning jismoniy ko‘rsatkichlari yana uzoq vaqt maydonda bo‘lishga yetadi.
«Uning holati shundayki, yana o‘ynashi mumkin, yana va yana. Menimcha, masala ko‘proq qachon u o‘zi buning uchun to‘g‘ri vaqt kelganini his qiladi — shunda. U o‘ta talabchan va o‘ziga nisbatan juda tanqidiy futbolchi. Jamoaga foyda bera olmayotganini anglagan payti, qarorni ham o‘zi qabul qiladi», — dedi Martines BBC bilan suhbatda.
Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u shanba kuni jamoa safida yana maydonga qaytishi kutilmoqda.
Avvalroq Ronaldu klub boshqaruvidan norozi bo‘lib, bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgani aytilgan edi. «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult’da matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!