Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Yulduzli portugaliyalik hujumchi boykotdan so‘ng yaqin orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy bu qarorni oldinda «Al Fateh»ga qarshi muhim o‘yin borligi bilan izohladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda, Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo‘shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor ishtirok etmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al Fateh» — «Al Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!