Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytganidan keyin dastlab yaxshi taassurot qoldirgandi. Biroq vaqt o‘tishi bilan uning atrofida salbiy fon kuchaydi: muammo o‘yinidagi natijalardan ko‘ra ko‘proq raqiblar noroziligi bilan bog‘liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati doirasida «Rosario Sentral» safida to‘p surayotgan, avval «Manchester Yunayted» va «Real»da o‘ynagan futbolchini raqib muxlislari tez-tez yiqilib, jarima maydonchasida penalti so‘raydigan epizodlar ko‘payganlikda ayblamoqda. Mahalliy forumlarda «nega di Mariyaga hiylalari uchun ogohlantirish berilmaydi», «u yulduz, ammo bu uslub joniga tegdi», «shunday futbolchining vijdonsiz tarzda penalti talab qilishi achinarli» kabi tanqidiy fikrlar ko‘paygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing