date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo‘yi ko‘rsatmaslik bilan bog‘liq vaziyatdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda turgan muhim «Al-Fateh»ga qarshi o‘yin bilan izohladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor qatnashmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi