date

Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi qisqa muddat ichida yana safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvimni inobatga olib, Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy uchun ustuvor vazifa — oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yinga optimal holatda chiqish.

Shuningdek, Jezush Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ta'kidladi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim uchrashuvlarda birinchi marta emas, navbatdagi bor maydonga tushmayapti.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi