Bolonya Tommazo Pobegani to'liq transfer qildi

Yarim himoyachi Tommazo Pobega rasman «Bolonya»ning to'laqonli futbolchisiga aylandi. U avval klubda ijara asosida o'ynagan bo'lsa, endi «Milan» futbolchini 7 million yevro evaziga sotdi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Majburiy sotib olish bandi 15 fevraldan keyin kuchga kirgani qayd etildi. Pobega «Bolonya» safida ikki mavsum ijara asosida to'p surib, jami 55 o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 7 gol urdi va 5 bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi.
Ayni paytda «Bolonya» A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing