Ikardi xet-trik qilib Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya Superligasining 22-tur uchrashuvlarida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bellashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u bu o'yinda uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g'alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixidagi muhim rekordni ham taqdim etdi. Hujumchi «Galatasaray» safidagi gollari sonini 76 taga yetkazib, 75 ta gol muallifi Gheorghe Xadjini ortda qoldirdi va Istanbul klubi tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada qayd etilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaray» sharafini himoya qilmoqda. U Turkiyaga kelishidan avval fransuzning «PSJ» klubida ham to'p tepgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!