Ikardi «Galatasaray» tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. O'yinda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasining g'alabasiga asosiy hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uchta gol Ikardiga klub tarixida yangi marrani olib keldi: u «Galatasaray» safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Ikardi bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Georgi Hadjini ortda qoldirdi: Hadjida 75 ta gol bo'lgan bo'lsa, Mauro hisobini 76 taga yetkazdi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida ham Ikardi yuqori o'rinda bormoqda — u hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray»da to'p surmoqda, avval esa «PSJ» sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!