date

Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma'lum qildi

Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma'lum qildi

Bilbao "Atletik"ining yetakchi vingeri Niko Uilyams hafta oxirida "Real Ovedo"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi. Klub rasmiy xabariga ko‘ra, futbolchi yaqin uchrashuvlarda ham jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Atletik" bayonotida Uilyams pubalgiya muammosi tufayli tashqi mutaxassis nazoratida davolanishni boshlagani qayd etildi. U maxsus dastur asosida tiklanadi, qaytish muddati esa sog‘ayish dinamikasiga bog‘liq bo‘lib, hozircha aniq sanalar aytilmagan.

Avvalroq matbuot Nikoning noqulaylik bilan o‘ynayotgani haqida yozgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 26 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 6 ta golga assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletik Niko Uilyams jarohati sabab safdan chiqqanini ma'lum qildi