date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda turgan muhim «Al-Fateh»ga qarshi o‘yinni ko‘rsatdi.

Shuningdek, u Ronaldu uchun bunday tanaffuslar yangilik emasligini eslatdi: Jezush so‘zlariga ko‘ra, saudiyaliklar mamlakat tashqarisida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda u avval ham bir necha bor maydonga tushmagan. Bu fikrni Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi