date

Djikiyaning klub almashtirishi mumkin, agent sababini aytdi

Djikiyaning klub almashtirishi mumkin, agent sababini aytdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiya bilan ishlaydigan agent Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agent so'zlariga ko'ra, Djikiya maosh kechiktirilayotganidan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri kechikmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyadagi hayotidan mamnun.

32 yoshli himoyachi o'tgan yozda Antalyaspor safiga kelib qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiyaning klub almashtirishi mumkin, agent sababini aytdi