date

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o‘yin turibdi», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistoni tashqarisida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o‘tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi