Angliyada Chelsi futbolchilarining bolalarga munosabati tanqid qilindi

O'tgan dam olish kunlari Londonning «Chelsi» klubi Angliya Kubogi doirasida «Hall Siti»ga qarshi maydonga tushdi. O'yinoldi marosimida «Chelsi» futbolchilari stadionga chiqishda «Hall Siti»ning bolalar jamoasidan kelgan yosh futbolchilar saf tortib turgan yo'lakdan o'tib ketishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ko'pchilik mehmonlar hech bo'lmasa bolalarga qisqa e'tibor ko'rsatishini kutgandi, biroq videoyozuvlarda «Chelsi» o'yinchilari ularni butunlay e'tiborsiz qoldirgani aks etdi.
Ushbu holat Angliyada jiddiy bahs-munozaraga sabab bo'ldi. Ko'plar klub rahbariyati bunday munosabat uchun uzr so'rashi kerakligini aytmoqda, futbolchilarning o'zi esa bundan uyalishi lozim, degan fikrlar yangramoqda. Qizig'i, bu tanqidlar «Chelsi» muxlislari orasida ham keng qo'llab-quvvatlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!