Simeone Oblak tanqidiga munosabat bildirdi va javob qaytardi

Madridning «Atletiko» jamoasi «Rayo Valyekano»dan 0:3 hisobida yengilgach, sloveniya darvozaboni Yan Oblak bosh murabbiy Diyego Simeonening o'yinga tanlagan tarkibini tanqid qilgandi. Oblak murabbiy bu uchrashuvni yengil o'yin deb baholab, optimal bo'lmagan tarkibni maydonga tushirganini aytgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oradan ko'p o'tmay, argentinalik mutaxassis bu fikrlarga javob berdi. Simeone jamoa raqib tanlamasligini ta'kidlab, mag'lubiyatning sababi tarkib emas, balki o'yinning sifatsiz o'tganida ekanini aytdi: «Men u bilan rozi emasman. Qaysi o'yinda o'ynash, qaysisida to'xtashni tanlamaymiz. Biz shunchaki uchrashuvni yomon o'tkazdik. “Rayo” bizdan yaxshiroq o'ynadi», — deya Simeone so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Hozirda «Atletiko» Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!