Krishtianu Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu "Al-Nasr" bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik superyulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida gap-so'zlar tarqalgan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozlari qatorida ko'rsatilgan.
Ronaldu "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnoma asosida 2027 yil o'rtalarigacha bog'langan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!