Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Bahs qahramoniga aylangan Mauro Ikardi bu o‘yinda xet-trik qayd etib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik hujumchi shu tariqa klub tarixida eng ko‘p gol urgan legioner nomini qo‘lga kiritdi. Ikardi Galatasaray safida gol urish bo‘yicha Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi: ruminiyalik futbolchi 75 gol bilan yetakchilik qilgan bo‘lsa, Mauro hisobini 76 taga yetkazdi.
Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, u Galatasarayda 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda, avvalroq esa PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing