date

Jezush Ronalduning keyingi o'yinda dam olishini aytdi

Jezush Ronalduning keyingi o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.

«Zich taqvim sababli Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin bor», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassis, Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning keyingi o'yinda dam olishini aytdi