date

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq ushbu uchrashuvda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

“Jadval juda tig‘iz. Shu bois Ronalduga va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o‘yin turibdi”, — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o‘tkazib yuborgan.

Saudiya chempionatida “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi uchrashuvda dam oldiradi