date

Benatiya Marselda qoladi, Beyye murabbiylikka yaqin turibdi

Benatiya Marselda qoladi, Beyye murabbiylikka yaqin turibdi

«Marsel» egasi Frenk Makkort jamoa qarorgohiga yetib keldi. Klub yaqinda bosh murabbiy isteʼfosidan keyin yangi bosqichga tayyorgarlik ko'rmoqda, deya xabar beradi GFFN. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Roberto De Zerbi bilan birga sport direktori Mehdi Benatiya ham ketish niyati borligini bildirgandi. U yangi murabbiy masalasida klub prezidenti Pablo Longoriya bilan kelisholmagani aytilmoqda. Benatiya esa «Renn»dan bo'shatilgan Habib Beyye nomzodini faol qo'llab-quvvatlagan.

Benatiyaning klubni tark etishi haqidagi gap-so'zlar chiqqach, Beyye variantiga ham go'yo nuqta qo'yilgandek edi. Biroq Makkort sport direktorini qaytarib, unga ko'proq vakolat berdi va shu bilan birga prezidentning ayrim vakolatlarini qisqartirdi.

Endilikda Habib Beyye «Marsel» bilan muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda va u yaqin vaqt ichida jamoa boshqaruvini qabul qilib olishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benatiya Marselda qoladi, Beyye murabbiylikka yaqin turibdi