date

Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaroy tarixiga kirdi

Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaroy tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida Galatasaroy Eyu'psporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bahsning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u ushbu o'yinda uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu xet-trigi klub tarixida ham muhim voqea bo'ldi: u Galatasaroy safida 76-golini nishonlab, jamoa tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Avvalgi rekord ruminiyalik Georgi Hadjiga tegishli edi — 75 gol.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchi Galatasaroyda 2023 yildan beri to'p tepmoqda, undan avval esa PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaroy tarixiga kirdi