date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda sport loyihalari bo‘yicha asosiy vazifalarni birgalikda hal qilishi kutilmoqda.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 ta o‘yinda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi