Syomin PSJda Safonov va Shevaleni teng darajada baholadi

"Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin PSJ darvozabonlari Lyuk Shevale va Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Mutaxassis ularni bir xil saviyadagi posbonlar deb hisoblashini "Yevro-Futbol.Ru" nashriga aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Syominning so‘zlariga ko‘ra, Safonov PSJda o‘zini ko‘rsatishni juda istayapti, biroq Shevale ham maydonga tushgan o‘yinlarda aybdor ko‘rinmagan. Murabbiy Shevalening harakatlarida jiddiy darvozabonlik xatolarini ham sezmaganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik darvozabon Matvey Safonov 2024 yil yozida "Krasnodar"dan PSJga ko‘chib o‘tgandi. Transfer Parij klubiga 20 million yevroga tushgan.
26 yoshli Safonov FIFA Qit’alararo kubogi finalidan keyin jamoada asosiy darvozabonga aylandi. O‘sha hal qiluvchi bahsda PSJ penaltilar seriyasida "Flamengo"ni mag‘lub etgan, Safonov esa seriyadagi to‘rtta zarbaning barchasini qaytarib, final qahramoniga aylangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!