Mali murabbiyi Rossiyaga qarshi o'yin haqidagi xabarga izoh berdi

Matbuotda Rossiya terma jamoasi bahorda Mali bilan o'rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Hozircha bu borada Rossiya futbol ittifoqi tomonidan rasmiy tasdiq berilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada Mali milliy jamoasi bosh murabbiyi Tom Senfit ehtimoliy bahs yuzasidan fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u Rossiya bilan o‘yin bo‘lishi mumkinligi haqida eshitgan, biroq hozircha qo‘lida rasmiy tasdiq yo‘q.
Avvalroq Rossiya va Mali terma jamoalari 27 mart kuni Krasnodarda maydonga tushishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi qariyb to‘rt yildan beri UEFA va FIFA sanksiyalari ostida qolmoqda va shu sabab faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!