Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vataniga qaytgach, dastlabki ijobiy o'yinlardan so'ng bosim kuchaydi. Biroq muammo uning maydondagi natijalaridan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq: ular futbolchi tez-tez yiqilish va fol ishlatish orqali hakamni ishontirishga urinayotganini ta'kidlashmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda di Mariyaning harakatlari keskin tanqid ostida qolmoqda. Ayrimlar hakamlar uning "hiylalariga" nega chora ko'rmayotganini so'rasa, boshqalar yulduz futbolchining penaltini "so'rab olish"ga urinishlari bezor qilayotganini yozmoqda. Sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" vingeri hozir "Rosario Sentral" safida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing