date

Inter hujumchisi Barselonada Levandovskini almashtirishi mumkin

Inter hujumchisi Barselonada Levandovskini almashtirishi mumkin

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisini «Barselona» o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar Tyuramni Robert Levandovski uchun potensial o‘rinbosar sifatida baholamoqda. «Inter» esa futbolchisi bo‘yicha muzokaralarga kamida 80 million yevrodan boshlanadigan takliflar atrofida tayyor.

Markus Tyuram 2023 yilda Menxengladbaxning «Borussiya»sidan erkin agent sifatida «Inter»ga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 29 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter hujumchisi Barselonada Levandovskini almashtirishi mumkin