date

Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rmoqda

Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rmoqda

Rossiyalik futbol ishqibozlari uchun Saudiya Arabistoni bilan Qatar deyarli bir xil ko'rinishi mumkin, biroq Markinyos bunday taqqoslashga qo'shilmaydi. L'Equipe xabariga ko'ra, braziliyalik himoyachi Saudiya Arabistoniga ko'chishni qat'iyan istamayapti, Qatar taklifiga esa ijobiy munosabat bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozir 31 yoshda bo'lgan tajribali futbolchi 2013 yildan beri PSJ safida to'p surib kelmoqda. Parij klubida undan uzoqroq muddatdan beri o'ynab kelayotgan futbolchi hozircha yo'q.

Markinyos faoliyati davomida Braziliyaning "Korintians" klubi va Italiyaning "Roma" jamoasida ham o'ynagan. U Braziliya terma jamoasi safida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Markinyos Saudiya emas, faqat Qatar variantini ko'rmoqda