date

Di Mariya Argentinada tanqid ostida qolmoqda, uni simulyatsiyada ayblashmoqda

Di Mariya Argentinada tanqid ostida qolmoqda, uni simulyatsiyada ayblashmoqda

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab ijobiy natijalar ko'rsatdi. Biroq keyinroq uning atrofida salbiy fon kuchaydi va bu ko'proq o'yinidan emas, raqiblar hamda muxlislar noroziligidan kelib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisiga asosiy e'tiroz — maydonda tez-tez simulyatsiya qilayotgani. Mahalliy forumlarda «Nega di Mariya hiylalari uchun ogohlantirilmaydi?», «U yulduz, lekin bu harakatlari joniga tegdi», «Shunaqa darajadagi futbolchi penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli» kabi keskin fikrlar ko'paymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Mariya Argentinada tanqid ostida qolmoqda, uni simulyatsiyada ayblashmoqda