date

Ikardi xet-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord olib keldi

Ikardi xet-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord olib keldi

Turkiya chempionatining 22-turida "Galatasaray" "Eyupspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining g'alabasida hal qiluvchi rol o'ynadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentinalik hujumchi ushbu natija bilan Istanbul klubining tarixida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Ikardi ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadji "Galatasaray" safida 75 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Maurning hisobida endi 76 ta gol bor.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi o'rinda qayd etilmoqda. Eslatib o'tamiz, u "Galatasaray"da 2023 yildan beri o'ynab keladi, avvalroq esa "PSJ" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord olib keldi