Kassano Milan o'yinini 80-yillar uslubiga qiyosladi

Italiya A seriyasida to'p surgan sobiq hujumchi Antonio Kassano "Milan"ni keskin tanqidlari bilan yana kun tartibiga chiqdi. U yillar davomida "rossoneri"ni ayab o'tirmaydi va hozirgi holatda ham Massimiliano Allegri boshchiligida qurilayotgan o'yinda ijobiy o'zgarish ko'rmayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kassano fikricha, "Milan" bu yil atigi uch uchrashuvda munosib ko'rinish bergan: "Bolonya"ga qarshi ikki o'yin va "Udineze" bilan bir bahs. Uning aytishicha, jamoada futbolni qanday o'ynash bo'yicha aniq g'oya yo'q, qolgan klublarda esa bunday tizim bor. "Milan" esa go'yo maydonda 80-yillar futbolini namoyish qilayotgandek, deya u pianetamilan.it nashriga keltirilgan.
Ayni paytda "Milan" A seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Chorshanba kuni jamoa "Komo"ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!