Urbig Noyerdek sherik raqobatni kuchli motivatsiya deydi

Myunxenning «Bavariya» klubida zaxira darvozabon hisoblangan Jonas Urbig yana asosiy tarkib darvozasini qo'riqlashi kutilmoqda. Jamoa sardori va birinchi raqamli posbon Manuel Noyer jarohat sabab safdan chiqqan, Urbig esa mavsum davomida bir necha bor vaziyatdan munosib chiqib, klubni ishonchli tarzda sug'urtalay olishini ko'rsatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Darvozabonning aytishicha, u «Bavariya»da tajribali ustozidan ko'p narsani o'rganmoqda. «Undan juda ko'p bilim olaman. Qolaversa, tarkibdagi o'rin uchun Noyerdek raqibning borligi o'zi katta turtki», — deya Urbig so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Ayni paytda «Bavariya» Bundesligada turnir jadvalida ishonchli peshqadamlik qilmoqda. Dam olish kunlari myunxenliklar navbatdagi tur doirasida «Ayntraxt»ni o'z maydonida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!