Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenhxua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi o‘yin jamoa uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — kamida obro‘ uchun kurash bo‘lishi kerak edi, ammo natija kutilganidek chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Buriram" ilk bo‘limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay "Shanxay Shenhxua" bir futbolchidan ayrilib, kamchilikda qolganidan keyin o‘yindagi intriga deyarli yo‘qoldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenhxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!