Del Pyero Bastonining uzrini ijobiy baholadi

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining uzr so‘rashiga munosabat bildirdi. Avvalroq Bastoni jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvda «qari sinyora» futbolchisi Pyer Kalulyu maydondan chetlatilganidan keyin o‘zini juda keskin tutgani uchun tanqidga uchragan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Del Pyeroning aytishicha, Bastonining bu qadamini ijobiy baholash kerak. «Bu — juda yaxshi ish. Voqeadan keyin vaziyatni o‘lchab ko‘rish va xato qilganini tan olish zarur edi. Bu unga hurmat keltiradi. Hech kim mukammal bo‘la olmaydi, ammo xatolar ustida ishlash orqali yanada yaxshiroq bo‘lish mumkin», — deya del Pyeroning so‘zlarini TuttoJuve keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» va «Yuventus» o‘rtasidagi bahs o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi. Safarda o‘ynagan turinliklar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!