Del Piero Bastonining uzri haqida fikr bildirdi

Turinning “Yuventus” klubi sobiq futbolchisi Alessandro Del Piero milanlik “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonining uzriga munosabat bildirdi. Bastoni jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda “qari sinyora” futbolchisi Pyer Kalulyuning maydondan chetlatilishidan keyin provokatsion tarzda quvonib yuborgani uchun kechirim so‘ragan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Del Pyeroning aytishicha, Bastonining bu qadami to‘g‘ri yo‘l tanlanganidan dalolat. “Bu juda yaxshi ish. Bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin vaziyatni tortib ko‘rib, xatosini tan olishi kerak edi. Bu uning sha’niga munosib. Hech kim ideal bo‘la olmaydi, ammo xatolar ustida ishlash orqali yaxshiroq bo‘lish mumkin”, — deya Del Pyeroning so‘zlarini keltiradi TuttoJuve.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” — “Yuventus” uchrashuvi o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tdi. Safarda o‘ynagan “Yuventus” 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!