date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

«Shanxay Shenshua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq bu safar ham kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» dastlabki bo‘limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi.

Tez orada «Shanxay Shenshua» bir futbolchisidan ayrilib, maydonda son jihatdan kamchilikda qoldi. Shu holat o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi va hisob o‘zgarmadi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenshua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi